"Toshshahartransxizmat" yangi yil kunlari Toshkent shahrida jamoat transportining ish faoliyati qay tarzda amalga oshirilishi to`g`risida ma`lumot berdi.
Xususan, unga ko`ra:
- 2023 yil 2 yanvar, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;
- 023 yil 3 yanvar, seshanba — 7 yanvar shanba kunidan ko`chirilgan qo`shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2023 yil 7 yanvar, shanba — 3 yanvar seshanba kuniga ko`chirilgan ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Shuningdek, 31 dekabr kuni Toshkent shahrining markaziy qismlari orqali harakatlanuvchi barcha avtobus yo`nalishlarining harakati soat 24:00 gacha uzluksiz ravishda tashkil etiladi.






