Natijada, bola vagon ustidan erga tushib ketgan. Tananing 80 foizi kuygan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat 18 dekabr kuni soat 16:10 da sodir bo`lgan. 11 yoshli bola Nurhayot temir yo`l bekatidagi yuk vagonlarining ustiga chiqib, tok urishi oqibatida poezd ustidan erga yiqilib tushgan.
Qayd etilishcha, bola hodisa natijasida og`ir tan jarohati olgan. Bola erga yiqilib tushgach, temir yo`lchilar unga birinchi tez yordamni ko`rsatgan. Shundan so`ng Chilonzor tumanidagi 16-sonli shifoxonaga yotqizilgan.
"Markazimizga 18 dekabr kuni 11 yoshli o`smir olib kelingan. Bemorning ahvoli juda og`ir edi. . Hozirda uning ahvoli yaxshilangan va stabil holatda", - deydi kombustiologiya bo`limi mudiri Sobir Shukurov.






