O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ochiq ma`lumotlari asosida respublika miqyosida mavjud bo`sh ish o`rinlari haqida ma`lumot beruvchi telegram boti ishga tushirildi.
Ushbu bot orqali respublika miqyosida turli sohalar bo`yicha real vaqt rejimida yangilanib turuvchi bo`sh ish o`rinlari bo`yicha ma`lumotlar olishingiz mumkin.
Bundan tashqari ushbu platforma (@eduvakantbot) orqali Pedagoglar ham o`zlari uchun bo`sh ish o`rinlari topishlari mumkin.






