Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) spikeri Mustafo Shentop, Ukrainadagi inqirozni hal qilish borasidagi sa`y-harakatlari uchun Prezident Tayyip Erdo`g`onni Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko`rsatganini aytdi.
"Rossiya va Ukraina o`rtasida tinchlik o`rnatish yo`lidagi sa`y-harakatlari uchun Prezident Erdo`g`onni Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko`rsatdim. Mening arizam bor. Boshqa o`lkalardan arizalar topshiriladi", – deydi Mustafo Shentop.
Ma`lumot uchun, Turkiya prezidenti Ukraina-Rossiya o`rtasidagi urushga barham berish uchun o`rtada vositachi rolini o`ynab kelmoqda. Bundan tashqari, Turkiya lideri Ukraina portlarida qolib ketgan 20 million tonna don mahsulotlarini olib chiqishda jonbozlik ko`rsatgan edi.






