AsosiyJamiyat

⚡Shavkat Mirziyoev kelgusi yilda ta`limga oid ko`plab qaror va farmonlar chiqishini ma`lum qildi

'⚡Shavkat Mirziyoev kelgusi yilda ta`limga oid ko`plab qaror va farmonlar chiqishini ma`lum qildi'ning rasmi

«Kelgusi yili ta`limga oid ham ko`plab qaror, farmonlar chiqadi. Shuningdek, maktab o`qituvchilari uchun ipoteka kreditlarini kamaytirsak bu ham yaxshi bo`ladi. Bugun men ko`p savollarga javob oldim.

Albatta, 20-30-40 yil davomida eskicha dars bergan o`qituvchiga yangi darsliklarga o`tish biroz og`ir. Lekin bugun bu narsani qilmasak, ertaga o`zimiz kutgan natijani ololmaymiz 

Balki ayrim fanlarni qisqartirarmiz, zamonaviy fanlarni ko`paytirarmiz. Negadir bir qisqartirishdan qo`rqamiz. 

Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima ma`no bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o`quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?

Biz «Bolalar yomon bo`lib ketdi» degan fikrdan voz kechishimiz kerak. O`zimizga savol qo`yaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular o`zimizning farzandlarimiz. 

Sizlar bilan bir tanu bir jon bo`lib, jonajon O`zbekistonimizning kelajagi haqida o`ylashimiz shart. 

Men bugun 590 ming nafar ustoz-muallimlar, murabbiylarga murojaat qilmoqchiman. Bugungi yoshlarimizning talabi juda katta. 

Oddiygina telefonni katta avlod tushunmaydi. Ammo uni kuzatgan bolalarimiz biz kattalarga savol berib qiyin vaziyatga solib qo`yishyapti. Dunyo voqealariga oid masalalarga qiziqishyapti. 

Farzandlarimizni aldab bo`lmaydi. Bugun informasion texnologiyalarni sinfxonaga kirgan o`qituvchiga nisbatan o`quvchilar ko`proq bilishadi, desak to`g`ri bo`ladi», — dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar