Bosh vazir o`rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo`jaev raisligida Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lishning hozirgi holati, bu bo`yicha Ishchi guruhning 6-yig`ilishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, hozirga qadar JSTga a`zo davlatlar rejalashtirilgan muzokaralarni tashkil etish uchun barcha zarur hujjatlarni olgan.
JSTga a`zo davlatlar va Tashkilot Kotibiyati bilan avval erishilgan kelishuvlarni o`z vaqtida amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar va maslahatlashuvlar o`tkazilmoqda.
Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga barcha zarur hujjatlarni tayyorlash va JSTga a`zo davlatlar bilan aniq muddatlarda ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash bo`yicha individual rejalar ishlab chiqish topshirildi.






