Prezident Shavkat Mirziyoev tuman va viloyat xalq ta`limi bo`limlarini tanqid qildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
"Biz hammani matematik qilishni istaymiz, ammo buning iloji yo`q. Nari borsa 10 foiz bola matematik bo`lishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga ko`ra ta`lim berishni o`rganishimiz kerak. Bola o`ziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek o`rgatishni to`xtatib, qiziqish sohasiga urg`u qaratish lozim.
"Rayono" va "oblono" siz uchun prokuror. Bu ikki tashkilotni yo`q qilishni istayapman, maktablarning o`zi «rayono» va «oblono» bo`lishlaring kerak.
O`rtadagi boshqa pog`onalar nimaga kerak? Ular bo`lgani uchun o`qituvchi qadam qo`ya olmaydi. Buni sindiradigan vaqt keldi.
Tartib kerak albatta, ammo buning uchun vazirlik bor. Bizda hamon eski tizim saqlanib qolmoqda. Maktab aslida "gorono"ga xo`jayinlik qilishi kerak.
Biz eski tizimga moyillik qilamiz, "Rayono" nima desa shuni qilamiz. Zamon o`zgarmoqda, kechirasizu, qishloq xo`jaligida paxtaga tizim o`zgartirdik. Endi paxta ham, tizim ham ishlamoqda.
Qachon qishloq xo`jaligida ikki millard dollarlik eksport bo`lar edi? Endi mana tekstil ishlamoqda, boshqa ishlab chiqarish bor», — dedi Prezident.






