AsosiyJamiyat

2022 yilda qancha jurnalist o`ldirilgani e`lon qilindi

'2022 yilda qancha jurnalist o`ldirilgani e`lon qilindi'ning rasmi

"Chegara bilmas muxbirlar" xalqaro tashkiloti hisob-kitobiga ko`ra, 2022 yilda kamida 59 nafar OAV xodimi o`ldirilgan. Meksika eng xavfli davlat bo`lib qolmoqda, Ukraina undan keyingi o`rinda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Halok bo`lganlarning 80 foizi atayin o`ldirilgan.

Tashkilot ma`lumotiga ko`ra, Meksikada kamida 11 jurnalist o`ldirib ketilgan. Ular uyushgan jinoyatchilik kabi o`tkir mavzularni yoritayotgan bo`lgan. "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti yana 6 ta holatda jurnalistning o`limi uning faoliyati bilan bog`liq bo`lganini isbotlay olmagan.

2022 yilda Ukraina ham OAV xodimlari uchun eng xavfli mamlakatga aylandi. U erdagi harbiy harakatlarni yoritish davomida har doimgidan ko`p mahalliy va xorijlik jurnalistlar halok bo`lgan.

Shunindek, ketayotgan yilda kamida 65 nafar OAV xodimi o`g`irlab ketilgan.

Tashkilot ayni paytd hibsda saqlanayotgan jurnalistlar sonini ham e`lon qildi: 533 nafar. Ularning yarmidan ko`pi Xitoy, Myanma, Eron Vetnam va Belarus qamoqxonalarida saqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar