AsosiyJamiyat

Bu yil necha nafar mutaxassis va tadqiqotchi "El-yurt umidi" jamg`armasining ochiq stipendiya tanlovlarida g`olib bo`ldi? Mutaxassislar javob berdi

'Bu yil necha nafar mutaxassis va tadqiqotchi "El-yurt umidi" jamg`armasining ochiq stipendiya tanlovlarida g`olib bo`ldi? Mutaxassislar javob berdi'ning rasmi


Bu haqda AOKAda mazkur jamg`arma mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi:

〰️〰️〰️
Har yili Jamg`arma tomonidan e`lon qilinadigan ochiq stipendiya tanlovlarida vazirliklar va idoralar mutaxassislari, professor-o`qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, asosan, yoshlar faol ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, 2018 yil davomida 378 nafar; 2019 yil davomida 600 nafar; 2020 yil davomida, pandemiya davri bo`lishiga qaramay, 15 nafar; 2021 yil davomida 313 nafar; 2022 yil davomida 320 nafar nomzod Jamg`arma stipendiati deya e`tirof etildi.

Ayni vaqtda 474 nafardan ortiq stipendiatlar AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarda bakalavriat, magistratura, ordinatura va doktorantura dasturlarida o`qishni davom ettirmoqda.

🗣Batafsil
〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mediabank

    Boshqa yangiliklar