AsosiyDunyo

Putin va Si Szinpin muzokara o`tkazadi

'Putin va Si Szinpin muzokara o`tkazadi'ning rasmi

Bugun, 30 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinva XXR Raisi Si Szinpin ertaga, 30 dekabr kuni videokonferensiya shaklida muzokara o`tkazadi. Ular ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladi hamda RF va Xitoyning dolzarb mintaqaviy muammolari yuzasidan fikr almashadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi, deya yozmoqda "zamon.uz"

“Avvalo, biz ikki tomonlama Rossiya-Xitoy munosabatlari haqida gapiramiz. O`zaro savdo hajmi tez sur`atlar bilan o`sib bormoqda. Albatta, eng o`tkir mintaqaviy muammolar bo`yicha fikr almashish juda muhim hisoblanadi. Rahbarlarimiz chinakam strategik sheriklik ruhida bu masalalarni muhokama qiladilar”, - degan matbuot kotibi.

Muzokaralar kunning birinchi yarmida bo`lib o`tadi. Faqat etakchilarning tabrik so`zlari almashishi ochiq bo`ladi, keyin esa suhbat yopiq formatda davom etadi.

Eslatib o`tamiz, 25 dekabr kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Pekinning Moskva bilan munosabatlari mustahkam ekanini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar