AsosiyJamiyat

Toshkentda gaz chaqnashi oqibatida bir kishi jarohat oldi

'Toshkentda gaz chaqnashi oqibatida bir kishi jarohat oldi'ning rasmi

Bugun, 30 dekabr kuni soat 08:21 da Toshkent shahrining Mirobod tumanida S. Azimov ko`chasida joylashgan ko`p qavatli 5-uyda xonadonlardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo`lgan. 

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ushbu hodisada bir kishi jarohatlangan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar vakillari jo`nab ketgan.

Qo`shimcha ma`lumotlar yaqin daqiqalarda e`lon qilinadi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar