“KazTransOyl” AJ Rossiya neftini O`zbekistonga tashish uchun yangi tarifni tasdiqladi.Bu haqda kompaniya saytida ma`lum qilingan.
“KazTransOyl” AJ bosh direktorining 154-son buyrug`i bilan Rossiya neftni Qozog`iston Respublikasi hududi orqali O`zbekiston Respublikasiga tranzit qilish maqsadida tashish xizmati tarifi tasdiqlangan.
Unga ko`ra, tashish xizmati 1 tonna uchun 27,9 AQSh dollari miqdorida (QQSsiz) etib belgilangan. Qayd etilishicha, ushbu tariflar 2023 yil 1 fevraldan kuchga kiradi.






