Noqulay ob-havo sharoiti Toshkent va Andijon xalqaro aeroportlari ishining cheklanishiga sabab bo`ldi. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" xabar bermoqda.
Xususan, Toshkent aeroportida quyuq tuman sababli ko`rinishning yomonlashishi (250 m) “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9614 (Moskva — Toshkent) (Moskva — Toshkent) reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yo`naltirilishiga sabab bo`lgan.
HY336 (Jidda — Toshkent) reysi esa Navoiy xalqaro aroportiga yo`naltirilgan. Ob-havo yaxshilangach, bort yo`lovchilar bilan poytaxt aeroportiga uchib kelgan.
Andijon aeroporti ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli vaqtincha yopilgan. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY091 (Toshkent — Andijon) va HY049 (Andijon — Samarqand) reyslari Farg`ona aeroportidan o`zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. “Andijon” aeroporti rahbariyati tomonidan yo`lovchilar uchun Farg`ona aeroportiga transport tashkil qilindi.
Parvozlar jadvalidagi o`zgarishlar to`g`risidagi batafsil ma`lumotlarni aviatashuvchilardan olishingiz mumkin.






