AsosiyDunyo

Hindistonda "Dok-1 Maks" dorisini ishlab chiqargan zavod ustidan tekshiruvning dastlabki natijalari e`lon qilindi

'Hindistonda "Dok-1 Maks" dorisini ishlab chiqargan zavod ustidan tekshiruvning dastlabki natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

Hindistonda Dori vositalari standartlarini nazorat qilish markaziy tashkiloti xodimlari, shuningdek, Uttar-Pradesh dori vositalari aylanmasini nazorat qiluvchi boshqarma mutaxassislari Noida shahrida joylashgan “Marion Biotech” zavodini tekshirishni yakunladi. Bu haqda SSV xabar bermoqda. 

NDTV telekanali xabariga ko`ra, tekshiruv 30 dekabrga o`tar kechasi nihoyasiga etgan. Uning natijasida rasmiylar farmasevtika kompaniyasi zavodida dori vositalari ishlab chiqarishni butunlay to`xtatishni talab qilgan.

Telekanal xabariga ko`ra, zavod mahsulotning sifat standartlariga muvofiq uzluksiz ishlab chiqarilishi va nazorat qilinishini ta`minlash nuqtai nazaridan ishlab chiqarish amaliyoti talablaridan chetga chiqqani qayd etilgan.

Hindiston sog`liqni saqlash vaziri Mansux Mandavia tekshiruv yakunlanganini tasdiqladi.

“Dok1 Max” siropining tarkibi buzilgani haqidagi xabarlar tufayli o`tkazilgan inspektorlar tekshiruvi yakunlandi va “Marion Biotech” kompaniyasining Noida shahridagi barcha ishlab chiqarish faoliyati kecha tunda to`xtatildi. Tergov davom etmoqda”, — dedi u.

 

    Boshqa yangiliklar