Turkiyaning Oydin shahridagi restoranda yuz bergan portlash oqibatida etti kishi halok bo`ldi. Bu haqda TRT Haber agentligi xabar tarqatgan.
Portlash oqibatida yana besh kishi jarohat olgan. Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, gaz ballonlarini almashtirish avariyaga sabab bo`lgan.
Turkiya adliya vaziri Bekir Bo`zdag`ning so`zlariga ko`ra, voqea sodir bo`lgan Nazilli tuman prokuraturasi sud tergovini boshlagan. Bir gumondor hibsga olingan.






