Ruslar Liman va Baxmut - Ukraina Bosh shtabi yo`nalishi bo`yicha hujumni davom ettirmoqda
Yilning oxirgi kuni ertalab va urushning 311-kunida Ukraina Bosh shtabining xulosasiga ko`ra, so`nggi 24 soat ichida frontda sezilarli yutuqlar bo`lmagan. Ruslar frontning eng shimoliy qismiga, shuningdek, Baxmut va Avdeevka hududlariga hujum qilishda davom etmoqdalar.
“Dushman Limanskiy va Baxmutskiy yo`nalishlarida hujum amaliyotlarini davom ettirmoqda va Kupyanskiy va Avdeevskiyda taktik vaziyatni yaxshilashga harakat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Bosh shtab hisobotiga ko`ra, so`nggi 24 soat ichida ukrainalik harbiylar frontning Svatovo-Kremennaya hududidagi segmentida to`rtta joyda hamda Baxmut atrofida va Avdeevka yaqinida o`n bir joyda dushman hujumlarini qaytargan.
Bosh shtab, shuningdek, ruslar bir kun avval Ukrainadagi nishonlarga o`nta Eron dronlarini urganini, biroq ularning barchasi, Ukraina harbiylari tomonidan urib tushirilgani ta`kidlanmoqda.






