AsosiyDunyo

Qobuldagi aeroport yaqinida kuchli portlash yuz berdi

'Qobuldagi aeroport yaqinida kuchli portlash yuz berdi'ning rasmi

1 yanvar kuni ertalab qobuldagi Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroport yaqinida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Afg`onistonning AITV  telekanali xabar berdi.

Xabarga ko`ra, portlash ovozi Afg`oniston poytaxtining turli hududlarida eshitilgan. Portlashning sabablari va qurbonlar haqida ma`lumot yo`q, Tolibon hukumati vaziyatga rasman izoh bermadi.

Al-Jazira telekanali hukumatdagi manbaga tayanib, portlash oqibatida halok bo`lganlar va jarohatlanganlar haqida, ularning sonini aytmagan holda ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar