Temur Olimxo`jaev boshchiligidagi O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Hindistonning Goa shahrida davom etayotgan 16 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionatini g`alaba bilan boshladi.
“D” guruhi 1-turidan o`rin olgan O`zbekiston U-16 va Tailand U-16 terma jamoalari o`rtasidagi o`yinda 5:3 hisobida qayd etilib, o`zbekistonlik futbolchilar foydasiga hal bo`ldi.
Ushbu guruhning ikkinchi o`yinida KXDR termasi Yaman ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.
Osiyo chempionati U-16
“D” guruhi, 1-tur
O`zbekiston U-16 – Tailand U-16 – 5:3
Gollar: Mo`ydinov (22 pen), Yo`ldoshev (45+2 pen), Vuchitay (56 avtogol), Abdulaev (81), Yo`ldoshev (88) – Chinnavat (1) Rasumkorm, 58 Prosumkorn, 90+3.
O`zbekiston U-16: Ne`matov, Abdullaev, Karimov, Xoldorov, Muydinov, Urunov, Azizxo`jaev, Yo`ldoshev, Soatov, Sobirjonov, Abdumannopov.
Tailand U-16: Vutfipong, Saruvut, Songvut, Vutichay, Pognravit, Xassavat, Nititorn, Pirapat, Pichitpon, Rachata.