AsosiySport

Jerar Pike yana futbol o`ynashi mumkinligini aytdi

'Jerar Pike yana futbol o`ynashi mumkinligini aytdi'ning rasmi

Jerar Pike Ispaniya medialigasida maydonga tushishi mumkin.

“Barselona” sobiq himoyachisi yangi musobaqaning asoschilaridan biri hisoblanadi. 1 yanvar kuni turnirning 1-tur o`yinlari davomida Pike jonli efirda faol muloqot olib bordi va turli savollarga javob berdi.

Xususan, musobaqada VAR texnologiyasidan ham foydalanish haqida gapirdi. Undan tashqari “o`zing ham turnirda ishtirok etasanmi?”, — degan savolga Pike “Hamma narsa bo`lishi mumkin”, — deya kulib javob berdi.

Eslatib o`tamiz, Pike 2022 yilning noyabr oyida professional faoliyatini yakunlagan edi.

    Boshqa yangiliklar