AsosiyJamiyat

Rahmatulloh domla Sayfuddinov o`z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etildi

'Rahmatulloh domla Sayfuddinov o`z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 2023 yil 4 yanvar kuni O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari raisligida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning yig`ilishi bo`lib o`tdi.

️Ta`kidlanishicha, yig`ilishda  yo`l qo`yilgan xatolar, fuqarolar murojaatini tinglashdagi kamchiliklar, aholi bilan ishlashdagi muammolar va mo`min-musulmonlar ehtiyojlarini ta`minlashdagi oqsoqliklar tahlil qilingan.  

Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. Unga ko`ra, Rahmatulloh domla Sayfuddinov o`z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilib, “Abu Saxiy” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.

Eslatib o`tamiz, ushbu yig`ilishda Muftiy hazratiga yangi o`rinbosarlar va Islom institutiga yangi rektor tayinlangan edi.

    Boshqa yangiliklar