Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, “omikron” shtammining yangi XBB.1.5 subvarianti 29 mamlakatda ro`yxatga olindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, bu subvariant bir necha hafta ichida AQShda dominant versiyaga aylandi. Hozir yangi mutasiya Evropa mamlakatlarida ham keng tarqalmoqda.
“Biz o`sish sur`atlaridan tashvishdamiz, — deydi JSST eksperti Mariya Van Kerxove. — Chunki hozirgacha ma`lum variantlar orasida XBB.1.5 ning yuquvchanligi yuqori. Xavotirli jihati, u dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi to`lqiniga sabab bo`lishi mumkin".
Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus ham 2022 yil oxirida aniqlangan mazkur mutasiya haqida to`xtalar ekan, u “omikron” BA.2 versiyasining rekombinanti ekanligini ta`kidladi.
“Dunyo bo`ylab kasallanishning yangi to`lqini kutilmoqda, — deydi u. — Ammo bu o`lim ko`rsatkichlari oshishiga olib kelmasligiga ishonamiz. Chunki biz o`tgan davrda mazkur virusga qarshi kurashish borasida etarli tajriba to`pladik”.
Shundan kelib chiqib, mutaxassislar SOVID-19ga qarshi buster dozada emlanish eng to`g`ri chora ekanligini ta`kidlamoqda.