AsosiyDunyo

Shahzoda Garri Afg`onistonda xizmat qilgan paytda 25 nafar Tolibonni yo`q qilgan

'Shahzoda Garri Afg`onistonda xizmat qilgan paytda 25 nafar Tolibonni yo`q qilgan'ning rasmi

Britaniya shahzodasi Garri Afg`onistonda xizmat qilayotganda 25 nafar Tolibonni yo`q qilgan. U birinchi marta o`zi o`ldirgan jangarilar sonini aytdi. Shahzodaning harbiy xizmati tafsilotlari haqida The Telegraph nashri 10 yanvarda e`lon qilinishi rejalashtirilgan "Zapasnoy"  kitobidag parchaga tayanib xabar bermoqda.

O`zining 10 yillik xizmati davomida Garri ikki marta Afg`onistonga uchgan va oltita missiyada qatnashgan. Uning so`zlariga ko`ra, urushning qaynoq nuqtasiga ikkinchi safari chog`ida shahzoda harbiy vertolyot uchuvchisi bo`lgan va o`zining tarjimai holida ta`kidlaganidek, 25 ta tolibni yo`q qilgan. Uning qayd etishicha, vertolyotga o`rnatilgan kamera unga o`ldirilgan jangarilar sonini aniq hisoblay olish imkonini bergan. 

Shahzoda jang avjida raqiblarni odamlar sifatida emas, balki asta-sekin taxtadan olib tashlagan "shaxmat donalari" sifatida qabul qilganini aytadi.

Shunisi e`tiborga loyiqki, qirollik oilasi a`zosining dadil chiqishlari uning xavfsizligiga kuchli zarba berishi mumkin. Gap shundaki, shahzoda avval ham unvoni va Afg`onistonga xizmat safarlari tufayli terrorchilar nishoniga aylangan. Qirol qo`li bilan o`ldirilgan toliblar haqidagi tafsilotlar Garri va uning oilasiga hujumga sabab bo`lishi mumkin.

Shov-shuvli  xabarlarni tarqalishiga sabab bo`lgan ushbu kitob aslida do`konda 10 yanvarda keyin sotilishi kerak edi. Biroq, Ispaniyada kitob avvalroq adashib sotilgan. Shunday qilib, avtobiografiyadan parchalar Internetga tarqalib ulgurdi. 

    Boshqa yangiliklar