Dunyoda koronavirusga qarshi kurash borasida ma`lum natijalarga erishilgan bo`lsa-da, ammo xavf hali chekingani yo`q. Bu haqda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusga tayanib xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, so`nggi oylarda haftasiga o`rtacha o`n ming kishi COVID-19 qurboniga aylanmoqda.
"Bu faqat bizga ma`lum raqamlar, — deydi JSST rahbari. — Real ko`rsatkichlar ehtimol bundan-da yuqori bo`lishi mumkin. Qolaversa, keyingi paytlarda koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizish holatlari ko`paygan. Ayniqsa, shimoliy yarim sharda epidemiologik vaziyat murakkab. Bu mintaqada mavsumiy gripp ham keng tarqalmoqda.”
Shu bois JSST, avvalo, xastalik profilaktikasini kuchaytirib, aholining buster doza bilan emlanishi orqali jamoaviy immunitetni shakllantirish samarali chora, deb hisoblaydi.






