Farg`ona viloyati Buvayda tumanida 2022 yilning dekabr oyidan buyon noqonuniy diniy ta`lim berish bilan shug`ullanib yurgan shaxs aniqlandi.
Qayd etilishicha, Jov mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi S.H ismli fuqaro yashash xonadonida jami 6 nafar shaxsga noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotgani aniqlangan. Eng ajablanarlisi, undan dars olayotganlarning 5 nafari voyaga etmaganlar bo`lib, turli tumanlardan kelib tahsil olayotganligi ma`lum bo`ldi.
Holat yuzasidan ushbu fuqaroga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborildi.






