Rossiya va Xitoy hamkorligining kuchayishi mavjud dunyo tartibotiga tahdid tug`dirmoqda. Bu haqda zamon.uz ma`lum qildi.
Yens Stoltenberg, NATO bosh kotibi:
– Ularni mavjud dunyo tartibotini o`zgartirish istagi birlashtirib turadi. Gap shundaki, ular bizning qadriyatlarimizga qo`shilmaydi va o`z manfaatlarini himoya qilishga harakat qilmoqda. Xavfli dunyoda alyans davlatlari birgalikda harakat qilishi kerak.
Bosh kotibning so`zlariga ko`ra, Pekinning Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralashdan bosh tortgani ikki davlatning birlashuvini ko`rsatib berdi. Stoltenberg Xitoy NATOni aybdor qilib ko`rsatayotganiga e`tibor qaratgan.
U, shuningdek, Moskva va Pekin harbiy va iqtisodiy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirganini ta`kidlagan.






