AsosiyDunyo

Eronda norozilik namoyishlarida qatnashgan ikki yigit osib o`ldirildi

'Eronda norozilik namoyishlarida qatnashgan ikki yigit osib o`ldirildi'ning rasmi

Erondagi norozilik namoyishlarida qatnashgan ikki yigit osib o`ldirildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, Muhammad Mahdi Karamiy va Sayid Muhammad Husayniy ofiserni o`ldirganlikda ayblanib, qatlga hukm qilingan.

Karamiyning oilasi o`ldirilishidan oldin u bilan ko`rishishga ruxsat berishmaganini aytmoqda. Inson huquqlari tashkilotlari sud jarayonini qoralagan.

Prokurorlarning da`vo qilishicha, harbiylashtirilgan zobit Ruholloh Ajamian yaqinda o`ldirilgan namoyishchiga ergashgan bir guruh namoyishchilar tomonidan o`ldirilgan.

    Boshqa yangiliklar