AsosiyJamiyat

⚡️ O`zbekistonda bolalar orasida koronavirus avj olayotgani aytilmoqda. SSV oydinlik kiritdi

'⚡️ O`zbekistonda bolalar orasida koronavirus avj olayotgani aytilmoqda. SSV oydinlik kiritdi'ning rasmi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "yosh bolalar orasida koronavirus infeksiyasi ko`payib boryapti" mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. 

Sog`liqni saqlash vazirligi bu ma`lumotlarning haqiqatga zid ekanligini ma`lum qildi.

Bolalar orasida o`tkir respirator kasalliklar va koronavirusga chalinishning so`nggi ko`tarilishi o`tgan yil kuz oylariga to`g`ri kelgan edi. O`sha paytda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun 500 ta qo`shimcha shifo o`rni yaratilgan edi.

Qayd etilishicha, hozir holat barqaror bo`lib, xastalanish ko`rsatkichlari keskin kamaygan. Agar bolalar orasida koronavirus yoki boshqa o`tkir respirator kasalliklar ortishi kuzatilsa, bu bo`yicha rasmiy axborot beriladi.

"Hurmatli yurtdoshlar! Qishki iqlim sharoitida farzandlaringizning salomatligiga, ayniqsa, kiyinishi va ovqatlanishiga jiddiy e`tibor bering! Bu xildagi feyk xabarlarga ishonmang! " - deyiladi xabarda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar