AsosiyDunyo

Bayden AQSh va Meksika chegarasidan noqonuniy kesib o`tiladigan eng yirik yo`lakni borib ko`rdi

'Bayden AQSh va Meksika chegarasidan noqonuniy kesib o`tiladigan eng yirik yo`lakni borib ko`rdi'ning rasmi

Jozef Bayden AQSh Prezidenti bo`lganidan buyon ilk marta Meksika bilan chegaraga bordi. El-Paso shahrida u Texas shtati gubernatori Greg Ebbot bilan uchrashgan. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.

Prezidentga avtomobillar tintuvi va narkotiklarni qidirish ishlari namoyish qilingan. Ebbot amaldagi administrasiyaning migrasion siyosatini tanqid qilib keladi. U Baydenga ushbu siyosatning chegarada beqarorlikka olib kelgani haqida xatni topshirgan.

Oq uy rahbari El-Pasoda bir necha soat bo`lgan. Ushbu shahar chegarani noqonuniy kesib o`tish uchun eng yirik yo`lak hisoblanadi.

So`ngi paytlarda o`zbekistonliklar orasida ham AQShga noqonuniy yo`llar orqali kirib, ishlashni istayotganlar soni ko`payib bormoqda. Buni DXX tomonidan fuqarolarning bu xohishlaridan foydalanmoqchi bo`lganlarning tez-tez qo`lga olinish ham isbotlab turibdi.

Eslatib o`tamiz, bu borada AQShning O`zbekistondagi elchixonasi ham ogohlantirish bilan chiqqan edi.

    Boshqa yangiliklar