AsosiyDunyo

Turkiya prezidenti Erdo`g`an minimal pensiyani 3500 liradan 5500 liraga (293,45 dollar) oshirdi

'Turkiya prezidenti Erdo`g`an minimal pensiyani 3500 liradan 5500 liraga (293,45 dollar) oshirdi'ning rasmi

Avvalroq Turkiyada pensiya yoshi ayollar uchun 58, erkaklar uchun 60 yosh etib belgilangan edi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an eng kam pensiya yoshini bekor qildi. 

Bu 2 milliondan ortiq ishchiga nafaqaga chiqish imkonini berdi, deb yozadi Hurriyat gazetasi.

Nashrning qayd etishicha, Turkiya aholisi bir necha yildan buyon eng kam pensiya yoshiga qarshi namoyish qilib kelgan.  Avvalroq pensiya yoshi ayollar uchun 58 yosh, erkaklar uchun 60 yosh etib belgilangan edi.

O`tgan haftada Erdo`g`on nazoratidagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi inflyasiyani barqarorlashtirish, lira kursini saqlab qolish va aholining umumiy turmush darajasini yaxshilash kampaniyasi doirasida eng kam ish haqini sezilarli darajada oshirdi. 2023 yildan Turkiyada eng kam ish haqi oyiga 8500 liraga ko`tarilishi kerak. 2022 yilda eng kam ish haqi 4253 lirani tashkil etdi.

“O`rganishlarimiz natijasida biz davlat xizmatchilarining ish haqi va pensiyalarini 30 foizgacha oshirish imkoniyatini topdik”, — dedi prezident parlamentda so`zlagan nutqida.

Davlat sektoridagi nafaqaxo`rlar uchun eng kam to`lov 2023 yilda 3500 liradan 5500 liraga (293,45 dollar) oshadi, dedi u.

Minimal pensiya yoshini bekor qilish to`g`risidagi qaror Rajab Toyyib Erdo`g`onning Turkiyada 2023 yil 18 iyun kuni bo`lib o`tadigan prezidentlik va parlament saylovlariga tayyorgarlik ko`rishining bir qismi bo`lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar