Respublika tez yordam markazi Andijon filialining kadrlar bo`limi inspektori fuqarodan ishga olib kirib qo`yishni va`da qilib, 400 dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi.
Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Andijon shahrining "Soy" mahallasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filialining kadrlar bo`limi inspektori J.M. fuqarodan ishga olib kirib qo`yishni va`da qilib, 400 dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan o`rganilishi natijasida, e`tiborsizligi sabab korrupsiyaviy holat sodir etilishiga sharoit yaratib bergani, muassasa xodimlari o`rtasida etarlicha tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun filial direktori I.A. va kadrlar bo`limi boshlig`i E.X. egallab turgan lavozimidan ozod etildi.






