Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi davrida Haj va Umra safariga qo`yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Jidda shahrida bo`lib o`tgan Expo Hac 2023 ochilish marosimida so`zga chiqqan Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfik Al-Robiya ma`lum qildi, deya xabar berdi Anadolu Agency.
Xabarda qayd etilishicha, 2023 yil ziyoratchilarga yosh chegarasi qo`yilmasligini va ziyoratchilar soni epidemiyadan oldingi ko`rsatkichda bo`lishini ta`kidlagan Al-Robiya bu qarorni «xushxabar» deb baholagan.
Shavkat Mirziyoev 2022 yil 29 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya boshchiligidagi delegasiyani qabul qilinadi. Suhbat chog`ida O`zbekiston fuqarolari uchun yillik Haj kvotasini ikki barobar — 24 ming nafargacha, Umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shuningdek, Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Sodiq Toshboev va O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegasiya a`zolari bilan uchrashuvida Haj va Umra xizmati sifatini oshirish, ziyoratlar narxini arzonlashtirish muhokama qilindi.






