1

Buster doza bilan takroriy emlanish mumkinmi? SSV aholini qiziqtirgan masalaga oydinlik kiritdi

Salomatlik 11.01.2023, 12:25
Buster doza bilan takroriy emlanish mumkinmi? SSV aholini qiziqtirgan masalaga oydinlik kiritdi

Bugun yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq vaziyat barqaror. Biroq Shimoliy va Janubiy Amerika, Evropa va Sharqiy Osiyo mintaqalarida joylashgan qator mamlakatlardagi epidemiologik holat hanuz murakkabligicha qolmoqda.

Bu esa kasallik hali ortga chekinmagani, shu sababli COVID-19ning og`ir asoratlaridan himoyalanish uchun virusga qarshi to`liq bosqchilarda vaksina olish, ayniqsa, buster doza bilan emlanish zarurligini ko`rsatadi.

Xo`sh, buster doza o`zi nima? Buster doza bilan kimlar emlanadi? To`liq bosqichda emlanganlar buster dozani qachon oladi? Buster doza turi avval olingan vaksina bilan bir xil bo`lishi kerakmi? Buster doza bilan takroriy emlanish mumkinmi? Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ayni paytda aholini qiziqtirgan mazkur savollarga oydinlik kiritdi. 

Buster doza — to`liq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini yanada mustahkamlash uchun qayta olinadigan vaksina dozasidir.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida to`liq vaksina kursini olgan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.

Fuqarolar to`liq vaksina kursini olganiga 6 oy va undan ortiq vaqt o`tgandan so`ng buster doza bilan emlanishi mumkin. Buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olish mumkin.

Qayd etilishicha, JSST koronavirusga qarshi takroriy ravishda buster doza bilan emlanishi zarur bo`lgan aholi qatlami ro`yxatini e`lon qilgan. Unga ko`ra, homilador ayollar, immuniteti zaif kishilar, qator surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar, keksa yoshli insonlar, shifokorlar kuchaytiruvchi dozada takroriy vaksinalar olishi maqsadga muvofiq.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1