Qozog`iston Konstitusiyaviy sudi “Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi to`g`risida”gi qonunni o`z kuchini yo`qotgan, deb topish haqida qaror qabul qildi. Tegishli me`yoriy-huquqiy qaror KSning veb-sahifasida e`lon qilingan, deya yozmoqda "zamon.uz".
2022 yil 5 iyul kuni Qozog`istonda konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritish bo`yicha referendum bo`lib o`tgan edi. O`zgarishlardan biri — davlat rahbari Nursulton Nazarboevning maqomi va vakolatlari haqidagi moddaning, shuningdek, unda ketma-ket ikki martadan ortiq davlat rahbari lavozimiga saylanishiga imkon beruvchi moddaning bekor qilinishi bo`ldi.
Bundan tashqari, Nazarboevning millat etakchisi maqomining o`zgarmasligi to`g`risidagi norma chiqarib tashlandi.
Mazkur o`zgarishlar bo`yicha Konstitusiyaviy sud Qozog`iston Respublikasining amaldagi qonunlarini saqlab qolish uchun huquqiy asos mavjud emasligi, shu bois ular o`z kuchini yo`qotgan, deb topishi to`g`risida qaror qabul qilgan.
Qayd qilinishicha, KSning normativ qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, shuningdek, u yakuniy, deb hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas.