1

"Omikron”ga qarshi emlanish keksalar o`rtasida xavfni 81 foizga kamaytiradi

Salomatlik 11.01.2023, 14:44
"Omikron”ga qarshi emlanish keksalar o`rtasida xavfni 81 foizga kamaytiradi

Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, hozir dunyoda “omikron” shtammining bir qator mutasiyalari dominant versiyaga aylangan. Ular kuz-qish oylarida Er yuzida koronavirus pandemiyasining yangi to`lqiniga sabab bo`ldi.

Kasallikni jilovlash uchun esa emlanishning ahamiyati hamon dolzarb. Isroil mamlakati olimlari tomonidan o`tkazilgan maxsus tadqiqot bu xulosani yana bir bor tasdiqladi.  

Izlanishlar davomida “omikron” shtammiga qarshi vaksinalarning keksa yoshli insonlarga ta`siri o`rganildi. Buning uchun 622 ming nafardan ziyod bemorlarning tibbiy ma`lumotlari tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, bunday vaksinalar oltmish besh va undan katta yoshli kishilarda koronavirus oqibatida shifoxonaga yotqizilish holatlarining oldini olishda 81 foiz samara beradi.  

Shuningdek, tadqiqot asnosida emlanmagan aholi o`rtasida SOVID-19dan o`lim ko`rsatkichi vaksina olganlarga nisbatan ancha yuqori ekanligi ham ma`lum bo`ldi.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi esa o`tgan oyda 18 yoshdan katta fuqarolar o`rtasida “omikron”ga qarshi vaksinalar gospitalizasiya xavfini emlanmaganlarga nisbatan 57 foizga kamaytirishini aniqlagan edi.  

️Shu bois, xalqaro ekspertlar barcha aholi qatlami, jumladan, birinchi navbatda, tibbiyot va ta`lim tizimi xodimlari, keksalar, surunkali kasalliklarga chalinganlar va homilador ayollar buster doza bilan emlanishlari zarurligini tavsiya qilmoqda.  

 

.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1