Avval xabar berilganidek, 11 yanvar kuni Kobuldagi Afg`oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida portlash sodir bo`lgan edi. Ushbu portlash uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o`z zimmasiga oldi, deya xabar bergan Al-Arabiya telekanali.
Xaybar Qandagari ismli terrorchi qo`lbola portlovchi qurilmani tashqi ishlar vazirligi xodimlari va agentlik qo`riqchilari bilan himoyalangan perimetrga kiraverishda olomon ichida portlatib yuborgan.
Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, terrorchilik harakati natijasida 21 kishi halok bo`lgan. Ular orasida 2021 yil avgustida Afg`onistonda hokimiyatni egallab olgan “Tolibon” orasidan tayinlangan vazirlik xodimlari va qo`riqchilar ham bor. Kamida 40 kishi jarohatlangan.
Eslatib o`tamiz, IShIDning Afg`onistondagi bo`limi “Tolibon” Kobulda hokimiyatni qo`lga kiritganidan so`ng bir necha bor toliblar va tinch aholiga qarshi teraktlar uyushtirgan. Birinchi terakt 2021 yil 26 avgustda chet ellik harbiylar tomonidan Kobul aeroporti orqali xorijliklar va afg`onlarni evakuasiya qilish chog`ida sodir bo`lgan. O`shanda o`nlab afg`onlar, jumladan, aeroportni qo`riqlayotgan "Tolibon", shuningdek, AQSh armiyasining 13 nafar xodimi halok bo`lgan.
Ushbu terrorchilar bir necha bor masjid, madrasa va dunyoviy ta`lim muassasalariga qarshi hujumlar uyushtirgan.