Qirg`iziston Bosh prokuraturasi mamlakatning birinchi prezidenti Asqar Akaevga nisbatan «Qumtor» oltin koni bilan bog`liq jinoiy ish bo`yicha tergovni to`xtatdi. Bu haqda TASSga tayanib, "Zamon.uz" xabar berdi.
Shunday qilib, Akaevga qo`yilgan barcha jinoiy ayblovlar olib tashlandi. Avvalroq Qirg`izistonning birinchi rahbariga nisbatan boshqa epizodlar bo`yicha tergov ishlari to`xtatilgan edi.
Oilasi bilan Moskvada yashab kelayotgan Akaev o`tgan yili va 2021 yilda«Qumtor» ishi bo`yicha guvohlik berish uchun vataniga kelgan. Bu kon Qirg`izistonning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan bo`lib, yiliga 15 tonnaga yaqin oltin qazib olinadi. Ilgari uni o`zlashtirish bilan kanadalik investorlar shug`ullangan, keyinroq kon milliylashtirildi.
2005 yil aprel oyida Akaev va uning oila a`zolariga nisbatan bir necha jinoiy ish qo`zg`atilgan, shu jumladan korrupsiya moddasi bo`yicha. Hozirda ularning barchasi to`xtatilgan yoki tugatilgan.






