AQSh Adliya vazirligi prezident Jo Baydenga tegishli ofisdan topilgan maxfiy hujjatlarni Kongressdagi respublikachilarga berishni taqiqladi. Vazirlik holatni o`zi o`rganmoqchi.
Adliya vaziri maxfiy hujjatlar bilan bog`liq vaziyatni o`rganish uchun Robert Xurni maxsus prokuror etib tayinladi.
So`nggi kunlarda AQShda Baydenning vise-prezidentligi davridagi maxfiy hujjatlar uning Vashingtondagi ekspertlar markazidagi ofisidan topilishi ortidan janjal avj oldi.
Kecha Oq uy Baydenning Uilmington shahridagi shaxsiy uyida maxfiy materiallarning yangi qismi topilgani haqida bayonot berdi.
Respublikachi kongressmen Pol Gosar mojaro ortidan Bayden 10 yilgacha qamalishi mumkinligini aytdi.
13.01.2023 13:28
Bayden saqlagan maxfiy hujjatlarni maxsus prokuror tekshiradi






