Ukraina G`arbdan og`ir texnika olishni boshladi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari Andrey Ermak ma`lum qildi, deya yozmoqda "zamon.uz"
"Ittifoqchilar bilan hamkorligimiz davom etmoqda. Shuni ayta olamanki, biz og`ir texnika olishni boshladik", — degan u.
OAV ma`lumotlariga ko`ra, Ukraina 2022 yil 24 fevraldan buyon 150,8 milliard dollarlik yordam oldi. Ularning uchdan bir qismi — 48.5 milliard dollar harbiy maqsadlarda sarflangan.
AQSh, Buyuk Britaniya va EI harbiy yordam ko`rsatish bo`yicha etakchi bo`lib turibdi.






