AsosiyDunyo

Moskvadan Tojikistonga uchayotgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

'Moskvadan Tojikistonga uchayotgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi'ning rasmi

Moskvadan Tojikistonga uchayotgan yo`lovchi o`z farzandini parvoz vaqtida dunyoga keltirdi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo`lovchining tug`uruq jarayoni “Ural Avialiniyasi” aviakompaniyasining Jukovskiy-Xo`jand” reysida amalga oshirildi.

Samolyot ko`tarilgandan so`ng yo`lovchi qornida og`riq sezgan va bu haqda ekipajga xabar bergan. Shundan so`ng bort kuzatuvchi yo`lovchilar orasidagi shifokorlarga murojaat qilgan.

“Mo`jizani qarangki, bortda deyarli to`laqonli tug`ruqxona bor ekan: neonatolog, ikkita akusher-hamshira va hatto rentgenolog",- deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, vaziyat tufayli favqulodda qo`nish talab etilmagan. Shunday qilib, parvoz vaqti bo`yi 46 santimetr, vazni 2,6 kilogramm bo`lgan sog`lom qizaloq tug`uruq boshlanganidan bir soat o`tib dunyoga keldi.

Eslatib o`tamiz 12 yanvar kuni Bangkokdan Moskvaga uchayotgan samolyot homilador ayolning muddatidan avval boshlangan dardi tufayli Samarqandga favqulodda qo`ngan edi

    Boshqa yangiliklar