Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yo`l harakati qoidalarini qasddan, mensimasdan buzgan Neksiya-2 rusumli avtomashina haydovchisiga cho`ra ko`rildi.
YHXXning ma`lum qilishicha, haydovchi yo`lning qarama-qarshi tomoniga o`tib harakatlanish bilan birga avtomobilida hayot uchun havfli tryuklarni bajargan. Go`yoki qilgan ishidan g`ururlangandek ushbu harakatini videoga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
"Qiziqishim sabab bu ishni qildim. Avtomobilni qarama-qarshi va burib olish belgilanmagan joyda “razvorot” qilishim xató bo`ldi. Buning uchun urz so`rayman. Bu holat boshqa takrorlanmaydi”, deydi qoidabuzar haydovchi.






