AsosiyDunyo

Qozog`istonda 18 kishi “Seftriakson" antibiotikidan vafot etgani aytildi. Mamlakat SSV holatga izoh berdi

'Qozog`istonda 18 kishi “Seftriakson" antibiotikidan vafot etgani aytildi. Mamlakat SSV holatga izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog`istonning Olmaota shahrida 18 kishi “Seftriakson" antibiotikidan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi esa bu ma`lumotni rad etdi.

“Seftriaksonga nisbatan ko`ngilsiz reaksiyalar bo`yicha bemorning o`limi bilan tugagan holatlar qayd etilmagan. Qozog`iston SSV Tibbiy va farmasevtik nazorat qo`mitasiga va uning Olmaota shahri bo`yicha hududiy departamentiga bunday shikoyatlar kelib tushmagan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ma`lumot shrnida: Seftriakson — antibiotik. U sepsis, meningit, turli xil infeksiyalar, pnevmoniya kabi kasalliklarning keng turlarini davolashda qabul qilinadi. Bu dori Qozog`istonda lisenziyaga ega bo`lib, deyarli barcha dorixonalarda sotiladi.

    Boshqa yangiliklar