Yakubov Nodirbek Gulmuradovich Piskent tumani hokimi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o`rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Xorazm viloyati hokimining o`rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Ushbu lavozimga Kutlimuratova Nigora Masharipovna loyiq ko`rilgan.
Tayinlovga qadar u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan.