AsosiyJamiyat

️O`zbekiston davlat xizmatchilari Singapurda o`qitiladi

'️O`zbekiston davlat xizmatchilari Singapurda o`qitiladi'ning rasmi

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Singapur Milliy universiteti tizimidagi Li Kuan Yu Davlat siyosati maktabi, shuningdek, Singapur Davlat xizmati kolleji bilan hamkorlik aloqalari o`rnatilmoqda. Bu haqda Xushnudbek.uz telegram kanalida aytildi. 

Dastlabki kelishuvga ko`ra, 2023 yil mobaynida 200 nafarga yaqin davlat xizmatchilari Singapurda davlat boshqaruvi, davlat siyosati, davlat xizmati, inson resurslarini boshqarish hamda xalqaro aloqalar va global muammolar yo`nalishlarida malaka oshiradi va stajirovkadan o`tadi.

Ma`lumot uchun: Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi dunyodagi eng yuqori nufuzga ega bo`lgan davlat boshqaruvi maktablaridan biri bo`lib, Osiyo pragmatizmi va G`arb ta`limining eng ilg`or yo`nalishlarini o`zida uyg`unlashtirgan.  

2004 yilda tashkil etilganidan buyon butun dunyo bo`ylab 3 500 dan ortiq lider bitiruvchilarni tayyorlab bergan.

    Boshqa yangiliklar