Tibbiyot muassasalarini moddiy rag`batlantirish va rivojlantirish jamg`armasi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.(ro`yxat raqami 3416, 16.01.2023 y.)
Nizomga ko`ra, Jamg`arma mablag`lari quyidagi 2 yo`nalish bo`yicha sarflanadi:
- 75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmasevtika va boshqa xodimlarini moddiy rag`batlantirishga;
- 25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizasiya qilish hamda ta`mirlashga.
- Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag`batlantirishning quyidagi turlari qo`llaniladi:
- tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmasevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar;
- yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so`mgacha maxsus oylik ustamalar;
- ️oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi stasionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo`shimcha ustamalar;
- ️tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullari.
Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.






