Qirg`iziston so`nggi uch kun ichida elektr energiyasi iste`moli bo`yicha rekord o`rnatdi. Bu haqda Xuman sayti Kabar axborot agentligiga tayanib xabar berdi.
Uning so`zlariga ko`ra, mamlakatda kuzatilayotgan g`ayritabiiy sovuq tufayli energetika tizimiga yuklama kuchaygan.
"O`tgan sutkada 76 million kilovatt soat energiya iste`mol qilindi. So`nggi bir necha kun davomida kechqurun energiya tizimi joriy quvvat chegarasida ishlamoqda, bu isitish mavsumida qabul qilinishi mumkin emas. Uskunalarning xavfsiz ishlashini ta`minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida energetiklar butun respublika bo`ylab GES va podstansiyalarda tunu-kun navbatchilik qilmoqda", - dedi u.






