Afg`onistonning Nimroz, Farah, Bodg`iz viloyatlarida anomal sovuqda to`rt mingga yaqin qoramol nobud bo`ldi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi
Xabarda aytilishicha, Nimroz viloyatida anomal sovuq tufayli uch mingdan ortiq chorva mollari, jumladan, sigir, tuya, qo`y va otlar nobud bo`lgan. Mazkur holatning aksariyati Xashrud tumanida kuzatilgan.
"Tolibon"ning Nimroz viloyatidagi qishloq xo`jaligi departamenti 2 534 bosh chorva mollari nobud bo`lganini tasdiqlagan.
Farah viloyatidagi manbalar Balabloq va Fararod tumanlarida mingga yaqin qoramol sovuq oqibatida nobud bo`lganini aytmoqda. Balabloq tumanidagi bir qancha oilalarning kamida 30-40 qoramoli nobud bo`lgan. Bodg`is viloyatida esa to`rt ming boshdan ortiq chorva mollari anomal sovuq qurboniga aylangan.
Eslatib o`tamiz, Afg`onistonda 25 kishi anomal sovuqdan vafot etdi






