Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumani Samoq mahallasi ichki kanallaridan birida suv toshdi. Bu holat tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Hodisa 17 yanvar kuni tushdan keyin sodir bo`lgan.
Qashqadaryo viloyati FVB xabariga ko`ra, suv toshqiniga aholining o`zboshimchaligi va muzlar sabab bo`lgan.
"Ushbu hudud aholisi o`zboshimchalik bilan Qizildaryodan foydalanishi ya`ni, suv taqsimlagichini ochishi oqibatida qishloqning ichki kanallaridan suv to`lib oqishiga sabab bo`lgan. Qolaversa, muz bo`laklari to`planib, suv yo`nalishini o`zgarishiga olib kelgan", deyiladi xabarda.
FVB suv toshqini oqibatida moddiy va jismoniy jabrlanganlar yo`qligini ma`lum qildi.






