Xorazm viloyati Tuproqqal`a tumanida benzin tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.
17 yanvar kuni soat 17:45 larda Tuproqqal`a tumani "Nukus" MFY hududidan o`tgan G`uzor-Buxoro-Nukus-Benau A-380 avtomobil yo`lining 531 kilometrida harakatlanib borayotgan fuqaro G`.J. boshqaruvida bo`lgan benzin tashuvchi MAN yuk avtomobilida yong`in sodir bo`lgan.
Yong`in oqibatida avtomobil va sisternasidagi engil alangalanuvchi suyuqlik — benzin yongan. U yong`in-qutqaruvchilar tomonidan soat 20:10 larda (deyarli 3 soatda) to`liq bartaraf etilgan.
Yong`inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea oqibatida tan jarohat olgan va halok bo`lganlar yo`q, deyiladi xabarda.






