Kuni kecha Szilin universitetining bir guruh paleoantropologlari O`zbekistondagi Teshiktosh paleolit davri g`orida topilgan bosh suyagi asosida 3D raqamli restavrasiya texnologiyasi yordamida tiklangan neandertal bolasining tashqi qiyofasini namoyish etdi.
Bu birinchi bor 3D-restavrasiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanishidir. Shuningdek, bu paleoarxeologik ekspozisiya sohasidagi muhim yutuq bo`lib, bunga Evrosiyoda atrof-muhit o`zgarishi va inson moslashuvini o`rganish bo`yicha xalqaro qo`shma bioarxeologik laboratoriya - Xitoy va Rossiya tomonidan tashkil etilgan arxeologiya sohasidagi birinchi qo`shma laboratoriya tomonidan erishilgan.
Taxminan 300 ming - 40 ming yil oldin yashagan 8-9 yoshli neandertalga tegishli bo`lgan toshga aylangan bosh suyagi 1938 yilda topilgan. Moskva davlat universiteti ilmiy-tadqiqot instituti va Antropologiya muzeyi direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Aleksandra Petrovna Bujilovaning so`zlariga ko`ra, bu qoldiq Osiyoda topilgan birinchi neandertal qoldiqdir. Bu bosh suyagi, shuningdek, osiyolik neandertal deb ataladigan yagona bosh suyagi ham saqlanib qolgan. Uning kashfiyoti neandertallarning sharqqa ko`chishini isbotladi.
Mutaxassislarning fikricha, yangi rekonstruksiya nafaqat Evroosiyo mintaqasidagi tarixdan oldingi odamlarning tashqi qiyofasini aniq ko`rsatibgina qolmay, balki Markaziy Osiyodagi neandertallarning morfologik xususiyatlarini hamda ularning atrof-muhitga moslashuvini yanada o`rganish va namoyish qilish uchun yangi g`oyalarni ham beradi.