Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati joriy yil 17 yanvar ertalabki soat 08:00 dan 18 yanvar 08:00 gacha Sog`liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga kelib tushgan ma`lumotlarni e`lon qildi.
“103” xizmati:
- 2 770 ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko`rsatdi.
- ️ “Tez yordam”ga 33 427 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng ko`p chaqiriqlar:
- Farg`ona viloyati — 4 032 ta,
- Toshkent shahri — 3 447 ta,
- Andijon viloyati — 3 379 ta,
- Toshkent viloyati — 3 327 ta,
- Surxondaryo viloyati — 3 145 ta.
Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariga 2 942 ta murojaat kelib tushdi. Bemorlardan 877 nafari gospitalizasiya qilindi.
Sutka davomida jami 2 332 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:
- 1 222 nafari — o`g`il;
- 1 110 nafari — qiz.
- Ushbu go`daklardan 23 nafari — egizak.
Eng ko`p tug`uruq qayd etilgan hududlar:
- Qashqadaryo viloyati — 264 nafar,
- Farg`ona viloyati — 261 nafar,
- Samarqand viloyati — 245 nafar,
- Namangan viloyati — 205 nafar,
- Surxondaryo viloyati — 205 nafar.






